KZB
KZB
Kassa Zamonaviy Boshqaruv

Maxfiylik siyosati

Oxirgi yangilanish: 2026-yil

KZB — Kassa Zamonaviy Boshqaruv ilovasi (keyingi o’rinlarda «Ilova») foydalanuvchi ma’lumotlarini himoya qilishga jiddiy yondashadi. Ushbu hujjat qanday ma’lumot yig’ilishi, nima uchun ishlatilishi va qanday saqlanishini tushuntiradi.

1. Qanday ma’lumot yig’amiz

2. Nima uchun ishlatiladi

3. Ma’lumot qayerda saqlanadi

Ma’lumotlar Google Firebase (Google LLC) xavfsiz serverlarida shifrlangan holda saqlanadi. Qurilmangizda ham nusxa saqlanadi, shu sababli internet bo’lmaganda ham ishlashda davom etadi.

4. Kim ko’ra oladi

Biznes yozuvlaringizni faqat siz ko’rasiz. Boshqa foydalanuvchilar ularga hech qanday yo’l bilan kira olmaydi. Ilova administratori texnik yordam, zaxira tiklash yoki obunani boshqarish uchungina va faqat zarurat tug’ilganda kirish huquqiga ega.

5. Uchinchi shaxslarga berilmaydi

Ma’lumotlaringiz hech qanday uchinchi shaxsga sotilmaydi, ijaraga berilmaydi va reklama maqsadida ishlatilmaydi. Ilovada reklama yo’q.

6. Ma’lumotni o’chirish

Hisobingizni va barcha ma’lumotlaringizni butunlay o’chirishni istasangiz, quyidagi raqamga murojaat qiling — so’rov 7 kun ichida bajariladi: +998700560100.

7. Xavfsizlik

Kirish Google hisobi orqali amalga oshiriladi — parol ilovada saqlanmaydi. Server tomonida har bir foydalanuvchi o’z ma’lumotidan boshqasiga kira olmaydigan qoidalar o’rnatilgan.

8. Bolalar

Ilova biznes yuritish uchun mo’ljallangan va 18 yoshdan kichiklar uchun emas.

9. O’zgarishlar

Siyosat o’zgarsa, ilovada xabar beriladi. Foydalanishda davom etish yangi tahrirga rozilik hisoblanadi.

10. Bog’lanish

Diyorbek Kuziboyev
Telefon: +998700560100